"Palmeyras" murabbiyi klub rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

Braziliyaning "Palmeyras" jamoasi yana bir g'alabaga erishdi va San-Paulu shtati chempionligini qo'lga kiritdi.
Bu "Palmeiras" murabbiyi Abel Ferreyraning klub bilan qo'lga kiritgan o'n birinchi sovrini bo'ldi.
Bu bilan klubning yangi rekordi o'rnatildi - avvalgi eng ko'p mukofotga sazovor bo'lgan "Palmeyras" murabbiyi Osvaldo Brandao o'nta sovringa ega bo'lgandi. Ferreyra shuningdek, 21-asrda San-Paulu shtatida qo'lga kiritilgan eng ko'p sovrinlar bo'yicha Vanderley Lyuksemburgo bilan tenglashdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269