«PSJ» va «Chelsi» o'rtasidagi bahsning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

«PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya «Chelsi»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushganidan so'ng uchta samarali harakatni amalga oshirdi. Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida «PSJ» o'z uyida 5:2 hisobida g'alaba qozondi.
Xvicha o'yinning 62-daqiqasida Dezire Due o'rniga zaxiradan maydonga tushdi. 74-daqiqada u Vitinyaga golli uzatmani etkazib berdi, shundan so'ng 86 va 94-daqiqalarda ikkita gol urdi. Vinger uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Chempionlar ligasining joriy mavsumida Xvicha hisobida jami 6 ta gol va 4 ta golli uzatma mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297