EChL. «PSJ» o'z maydonida «Chelsi» darvozasiga beshta gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

«PSJ» o'z maydonida bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida «Chelsi»ni tor-mor etdi — 5:2.
Mezbonlar tarkibida hujumchilar Bredli Barkolya va Usmon Dembele, yarim himoyachilar Vitinya hamda Xvicha Kvaratsxeliya (ikki bor) gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Mehmonlarning gollariga himoyachi Malo Gyusto va yarim himoyachi Entso Fernandes mualliflik qildi.
Javob o'yini 17 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi.
Chempionlar ligasi. 1/8 final
12.03.2026 | 01:00
«Park de Prens», Parij
«PSJ» (Frantsiya) — «ChELSI» (Angliya) — 5:2
Gollar: Barkolya 10 (1:0), Gyusto 28 (1:1), Dembele 40 (2:1), Fernandes 57 (2:2), Vitinya 74 (3:2), Kvaratsxeliya 86 (4:2), Kvaratsxeliya 90+4 (5:2).
«PSJ»: Safonov, Markinos, Pacho, Nunu Mendesh, Hakimi, Vitinya, Joau Nevesh, Zair-Emeri (Ernandez, 78), Barkolya (Mayulu, 78), Due (Kvaratsxeliya, 62), Dembele (Li Kan In, 69).
«Chelsi»: Yergensen, Chaloba, Fofana, Kukurelya, Gyusto (Garnacho, 88), Jeyms, Kaysedo, Fernandes, Pedru Netu, Palmer (Lavia, 83), Joao Pedro (Delap, 83).
Ogohlantirish: Kvaratsxeliya (88).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
301