APL. «Manchester Siti» – «Arsenal» boshqa muddatga qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 322

Angliya chempionatining 28-turidan o'rin olgan «Manchester Siti» va «Arsenal» jamoalari o'rtasidagi o'yin boshqa muddatga qoldirildi. Mazkur uchrashuv bugun — 11 mart kuni bo'lib o'tishi kerak edi.
«Nottingem Forest» va «Olimpiakos» klublari xo'jayini Evangelos Marinakis koronavirusga chalinganidan so'ng jamoalar ehtiyot yuzasidan mazkur o'yinni qoldirishga qaror qilishdi.
Bundan 13 kun avval «Olimpiakos» klubi Evropa ligasi doirasida «Arsenal» bilan «Emireyts»da to'qnash kelgan edi. O'shanda gretsiyaliklar rahbari Marinakis "kanonirlar"ning ba'zi o'yinchilari va klub xodimlari bilan uchrashgan edi.
«Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari tibbiy maslahatlarga amalga qilgan holda dastlab vaziyatni to'la nazorat qilish hamda o'yinni boshqa muddatga qoldirish haqida qaror qabul qilishdi. Premer-liga ham bu qarorga rozilik bildirdi.
APLning boshqa o'yinlarini ko'chirish rejalashtirilmayapti.

Bosh sahifaga
255