"PSJ" himoyachisi: "Bu raqam — onamga bo'lgan ehtiromim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5688

"PSJ" klubi safida to'p surayotgan ekvadorlik himoyachi Vilyan Pacho o'zining o'yin raqamini tanlashiga nima sabab bo'lganini izohladi. Pacho jamoada 51-raqam ostida harakat qiladi.
"Men bu raqamni uzoq vaqt davomida "Independente del Vale"da, keyin esa "Antverpen"da taqib yurdim va unga qattiq bog'lanib qolganman. Asosiy sabab esa onam bilan bog'liq: u 51 yoshida vafot etgan. Bu raqamni taqish — unga bo'lgan hurmatimni ifodalash usulidir. Bu menga har bir o'yinda qo'shimcha kuch bag'ishlaydi", — deya Pachoning so'zlaridan iqtibos keltiradi "PSJ" rasmiy sayti.
Joriy mavsumda Pacho klub miqyosida 32 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta ogohlantirish (sariq kartochka) oldi. Transfermarkt portali uning qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
232