Laporta: "Font — "Barselona" loyihasi uchun asosiy xavf"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1297

"Barselona" sobiq rahbari Joan Laporta klub prezidentligi uchun saylovlardagi raqibi Viktor Font raqobatbardosh sport loyihasini ta'minlay olmasligini ta'kidladi.
"[Bosh murabbiy Xansi] Flik allaqachon o'z fikrini bildirib bo'lgan. U "Barselona"dagi holatidan baxtli va mamnun. Uning Deku bilan koordinatsiyasi juda yaxshi yo'lga qo'yilgan, Font esa Dekudan voz kechishini aytdi.
Viktor Font "Barselona" sport loyihasi uchun asosiy xavfga aylandi. U bir kishi bajaradigan ishni qilish uchun Dekuning o'rniga uch kishini olib kelmoqchi. Ularni Deku bilan bir darajaga qo'yish — bu haqoratdir. Font bilan hech qanday sport loyihasi bo'lmaydi", — deya bayonot berdi Laporta.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244