Bernardu Silva "Yuventus" bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. Futbolchi yozda "shaharliklar" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng, Turin klubiga erkin agent sifatida o'tish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq "Yuventus" uchun Silvani qo'lga kiritish oson bo'lmaydi, chunki uning transferiga "Inter" va "Galatasaroy" klublari ham da'vogarlik qilmoqda.
Bernardu Silva 2017 yilda "Monako"dan "Manchester Siti"ga 50 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchining qiymatini 27 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
230