"Nottingem Forest" chiptalar narxini pasaytirdi, biroq muxlislarning g'azabiga duch keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

Angliyaning "Nottingem Forest" klubi Evropa Ligasi doirasidagi "Midtyullan"ga qarshi o'yin uchun chiptalar narxini maxsus ravishda pasaytirdi. Bunga "Angliyskiy aktsent" nashri e'tibor qaratdi. Shu tariqa klub o'zining "Siti Graund" uy stadioni tribunalarini imkon qadar to'ldirishni rejalashtirmoqda.
To'g'risi, jamoaning rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida ko'plab muxlislarning keskin noroziligi yuzaga keldi. Bunga sabab — ko'pchilik ishqibozlarning o'yin uchun chiptalarni allaqachon "eski" narxlarda sotib olib bo'lganligidir.
"Rahbariyat aktsiya bilan biroz kechikdi", — deya qayd etadi manba.
Eslatib o'tamiz, Evropa Ligasining pley-off bosqichida "o'rmonchilar" ikki o'yin natijasiga ko'ra Istanbulning "Fenerbaxche" jamoasini musobaqadan chiqarib yuborishgan edi.

Bosh sahifaga
261