Kun qahramonlari: O'ttiz ikki
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 476

Joze Mourino "Portu" bilan ChLda bosh sovrinni qo'lga kiritganda u 16 yoshda edi! 16 yil o'tib esa u Mourni ikki o'yinda 4:0 hisobida engdi. Yulian Nagelsman murabbiylik faoliyatini boshlagan 2008 yilda hali "RB Leyptsig" degan jamoaning o'zi yo'q edi. Endi esa bu klub Evropaning eng kuchli 8 jamoasidan biriga aylandi.
Ha, Nagelsman 32 yoshda, huddi Ispaniyada "Valensiya" darvozasiga 4 ta gol urgan Yosip Ilichich kabi. Ular tengdosh!
Qismatni qarangki, bir oqshomda qahramonga aylanmoqdalar. Ilichich "Atalanta"ning yuragi emas, agar uni yurak desak, unda klubda yuraklar soni ko'payib ketadi. Gomes, Sapata, Pashalich, Muriel, Gozens... bularning bari istalgan kun, istalgan o'yinda gol mashinaga aylanishi mumkin. Bu safar esa sloveniyalikning kuni edi.
Demak, bu turnirni guruh boshqichida 32 jamoa boshlagandi, endi 32 yoshli ikki qahramon sabab "RB Leyptsig" va "Atalanta" sakkizlikda.
Qolganlar etib olsinchi, keyin gaplashamiz!
Orif Tolipov.

Bosh sahifaga
232