"MYu" "Inter" yulduzi uchun 60 million evro sarflashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

"Manchester Yunayted" jamoa tarkibini kuchaytirish bo'yicha rejalar tuzmoqda. Transfer News Live nashrining Football Transfers portaliga tayanib xabar berishicha, "qizil iblislar" "Inter" a'zosi Federiko Dimarkoni o'zlarining ustuvor maqsadi etib belgilashgan. Mankunianliklar chap qanot himoyasi pozitsiyasini mustahkamlashni istashmoqda.
28 yoshli Dimarkoning transferi uchun "Manchester Yunayted" 60 million evrogacha mablag' taklif qilishga tayyor.
Federiko Dimarkoning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi 36 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta gol va 15 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236