"Arsenal" hujumchisi "Bayer"ga qarshi o'yin oldidan o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi, o'z vaqtida "Bayer" sharafini himoya qilgan Kay Xaverts Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida sobiq jamoasiga qarshi kechadigan o'yin oldidan o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.
Uchrashuv bugun, 11 mart kuni bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.
"Yana bu erda bo'lish juda yoqimli. Men bu erda 10 yil o'ynaganman. Ammo hozir "Arsenal" bilan g'alaba qozonish uchun kelganman. Oilam tribunalarda meni qo'llab-quvvatlab turadi", — deya hujumchining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida "kanonirlar" birinchi o'rinni egallashgan edi. Leverkuzen klubi esa 16-pog'onada finish qilgan. O'tish o'yinlarida "Bayer" "Olimpiakos" to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tgandi.

Bosh sahifaga
232