"Liverpul" Laminga qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9355

"Monako" klubining 22 yoshli senegallik yarim himoyachisi Lamin Kamara yozgi transfer oynasi arafasida "Liverpul" e'tibor markazida turibdi. Bu haqda futbol insayderi Ekrem Konur yozmoqda.
Jurnalistning qayd etishicha, ingliz klubi skautlari Kamaraning Liga 1 dagi chiqishlaridan ijobiy taassurot olishgan. Shu sababli, ular futbolchi "Liverpul"ning yarim himoyadagi o'yinini kuchaytirishga yordam bera oladi, deb hisoblashmoqda.
Lamin Kamara 2024 yilda "Mets"dan o'tganidan beri "Monako" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu mavsumda yarim himoyachi klub safida 23 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232