Andoni Iraola mavsum yakunida "Bornmut"ni tark etib, APL grandlaridan birini boshqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

43 yoshli ispaniyalik murabbiy Andoni Iraola mavsum yakunlanganidan keyin faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda iNews nashri yozmoqda.
Manbalar bergan ma'lumotga ko'ra, mutaxassisga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari da'vogarlik qilmoqda. Iraolaning "Bornmut" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi, shu sababli ispaniyalik murabbiy yozda erkin agentga aylanadi.
Iraola 2023 yildan beri "Bornmut"ni boshqarib kelmoqda. Ushbu mavsumda klub APLning 29 turidan so'ng 40 ochko jamg'arib, turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245