"Bu AQSh armiyasini Ispaniya armiyasi bilan solishtirishdek gap": Tebas ligalar daromadi haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 328

La Liga prezidenti Xaver Tebas chempionatni moliyaviy jihatdan boshqa top-ligalar bilan solishtirdi.
"Bundesliga bizdan o'zib ketgani haqidagi gaplar haqiqat emas. Biz deyarli bir xil darajadamiz. Ularda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromad sezilarli darajada yuqori... Ular stadionga uch soat oldin kelishadi. Ispaniya dunyoda ikkinchi raqamli ligaga ega, biroq qolganlar — Italiya, Frantsiya va Angliya — pullik televideniega ega xonadonlar soni bo'yicha bizdan ustundir.
Biz miqdor jihatidan ikkinchimiz, lekin sifat bo'yicha birinchimiz. Santander banki hisobotiga ko'ra, liga aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadga nisbatan eng ko'p foyda olmoqda. Bu xuddi Qo'shma Shtatlar armiyasini Ispaniya armiyasi bilan solishtirishdek gap", — dedi Tebas.

Bosh sahifaga
248