APL grandlari qiziqishiga qaramay, "Borussiya" D yulduzi yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389

"Borussiya" yarim himoyachi Feliks Nmecha bilan shartnomani uzaytiradi. Dortmund klubi sport direktori Sebastyan Kel 25 yoshli futbolchining yangi agentlari bilan muzokaralarda sezilarli muvaffaqiyatga erishdi, deb xabar bermoqda Sky Sport. Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan kelishuvga imzo chekadilar.
Qayd etilishicha, futbolchiga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Chelsi" va "Tottenxem" kabi klublar qiziqish bildirgan edi.
Bundesliganing joriy mavsumida Nmecha 25 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230