Eron sport vaziri: "Bizda bunday sharoitda Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyati yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 310

Eron sport vaziri Ahmad Donyamaliy mamlakat terma jamoasi AQShda bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha Jahon chempionatida ishtirok etish-etmasligi borasida o'z fikrini bildirdi.
"Korruptsiyaga botgan hukumat etakchimizni o'ldirganidan so'ng, Jahon chempionatida ishtirok etishimizga imkon beradigan shart-sharoit qolmadi. Eronga qarshi amalga oshirilgan shafqatsiz xatti-harakatlar fonida – sakkiz yoki to'qqiz oy davomida bizni ikkita urushga majburlashdi va buning natijasida minglab vatandoshlarimiz halok bo'ldi – bunday vaziyatda bizda ishtirok etish imkoniyati aniq mavjud emas", — dedi Donyamaliy.
Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244