Lorente: "Chempionlar Ligasida 5 ta gol urish hech qachon oson bo'lmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

Madridning "Atletiko" klubi o'yinchisi Markos Lorente Chempionlar Ligasi doirasida "Tottenxem"ga qarshi kechgan bahsdagi g'alaba haqida to'xtalib o'tdi. Musobaqaning 1/8 finalidan o'rin olgan ilk uchrashuv Ispaniya klubiga 5:2 hisobidagi natijani taqdim etdi.
"O'yin oldidan har birimiz 5 ta gol urilgan natijaga jon deb rozi bo'lardik. Chempionlar Ligasida bunga erishish hech qachon oson bo'lmaydi. Ammo o'tkazib yuborilgan 2 ta gol biroz aralash tuyg'ularni qoldirdi. Shunga qaramay, javob o'yini oldidan bizda yaxshi ustunlik bor", — deya Lorentening so'zlarini keltiradi UEFA sayti.
Lorente uchrashuvning 6-daqiqasida 15 metrlardan yo'llangan zarba bilan gol muallifiga aylandi. Ushbu gol darvozabon Kinskining to'pni chiqarib yuborishdagi xatosi, shuningdek, Lukman va Alvaresning aniq harakatlari natijasida yuzaga keldi.
"Tottenxem" va "Atletiko" o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv 18 mart kuni Londonda bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
251