Barns: "Nyukasl" maydonda ustunlik qildi, ammo..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347

"Nyukasl" hujumchisi Xarvi Barns UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida Kataloniyaning "Barselona" jamoasi bilan bo'lgan ilk o'yindagi durangga izoh berdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
"Gol urish — ajoyib hissiyot. Bu quvonchni muxlislar bilan baham ko'rishing mumkin. Biz yaxshi futbol ko'rsatdik. "Nyukasl" maydonda ustunlik qildi, shu sababli eng oxirida gol o'tkazib yuborish juda alamli. Oldinda bizni javob uchrashuvi kutmoqda", — deya hujumchining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
"Barselona" va "Nyukasl" o'rtasidagi javob bahsi 18 mart kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. G'olib jamoa Chempionlar Ligasining chorak final ishtirokchisiga aylanadi.

Bosh sahifaga
248