"Bavariya" yarim himoyachisi: "Bundan yaxshiroq o'ynashning deyarli iloji yo'q edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7

Germaniyaning "Bavariya" klubi yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich "Atalanta"ga qarshi kechgan bahs yakunida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi ilk uchrashuv myunxenliklarning safardagi 6:1 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.
"Bundan ancha yaxshiroq o'ynashning deyarli iloji yo'q edi. Ideal holatda gol o'tkazib yubormaslikni istardik, ammo bu — ajoyib natija va ajoyib o'yin. Ham hujumda, ham himoyada deyarli barcha ishni yuqori darajada bajardik. Menimcha, shu sababli hisob shunchalik ishonchli ko'rinish oldi", — deya Pavlovichning so'zlarini keltiradi UEFA sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249