"Imkoniyatimiz bor": "Nyukasl" hujumchisi "Kamp Nou"dagi javob o'yini oldidan bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ilk bahsida "Nyukasl" Kataloniyaning "Barselona" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. "Qarg'alar" hujumchisi Xarvi Barns chorak final imkoniyatlari haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz bormi? Albatta. O'tgan uchrashuvda biz to'pni yaxshi nazorat qildik va raqib hujumlarini to'xtatib qoldik. G'alabaga juda yaqin edik. Hozirda hisob teng va biz keyingi bosqichga chiqishimizga ishonamiz", - deya futbolchining so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, bo'lib o'tgan o'yinda "Barselona" hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda mag'lubiyatdan qutulib qolgan edi.
Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 18 mart kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
248