Antuan Grizmann MLSga o'tishi haqidagi mish-mishlarga chek qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Antuan Grizmann shu oyda MLSga yo'l olishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlarga nuqta qo'ydi.
Frantsiyalik futbolchiga «Orlando Siti» da'vogarlik qilmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, Amerika klubi MLSda transfer oynasi ochiqligidan foydalanib, mart oyidayoq o'yinchini o'z tomoniga og'dirib olmoqchi bo'lgan. Endilikda 34 yoshli futbolchining o'zi kamida mavsum yakuniga qadar «matraschilar» safida qolishini tasdiqladi.
«Men bu erda baxtliman va o'yindan zavq olyapman. Maqsadim — «Atletiko» bilan Chempionlar ligasi finaliga chiqish va Ispaniya kubogida g'olib chiqish. Mening orzuim aynan shu», — dedi forvard «Tottenxem» ustidan qozonilgan g'alabadan (5:2) so'ng bergan intervyusida.
Antuan Grizmanning Madrid klubi bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
225