«Yuventus» Vikarioni sotib olish borasida ikkilanmoqda: Turinliklarga ishonchliroq darvozabon kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 685

«Yuventus» klubi «Tottenxem» darvozaboni Gulelmo Vikarioni transfer qilish maqsadga muvofiq ekanligiga shubha qilmoqda.
Turin klubi joriy mavsum yakunlanganidan keyin vataniga qaytishni istayotgan italiyalik posbon uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblanadi. Jurnalistlar Fabritsio Romano va Matteo Moretto bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Yuventus»dagilarning hammasi ham «shporlar»ning 29 yoshli futbolchisini sotib olish g'oyasini ma'qullamayapti. «Keksa sinora»ning ayrim vakillari jamoaga ishonchliroq darvozabon kerak deb hisoblashadi.
Transfermarkt portali Gulelmo Vikarioning narxini 23 mln evroga baholamoqda. Angliyaga ketishdan oldin u «Empoli» sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224