«Arsenal» muxlislari uchun xushxabar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 340

«Arsenal» himoyachisi Rikkardo Kalafori Chempionlar ligasi doirasidagi «Bayer»ga qarshi o'yin oldidan jamoaning umumiy guruhida mashg'ulot o'tkazdi. Italiyalik futbolchi ushbu bahsda maydonga tusha olishi kutilmoqda.
Football London nashrining xabar berishicha, «Bolonya»ning sobiq futbolchisi «kanonirlar»ning Germaniya safari oldidan o'tkazilgan yakuniy mashg'ulotida maydonda ko'rinish bergan.
Kalafori o'tgan dam olish kunlarida Angliya kubogi 5-raundi doirasidagi «Mensfild Taun»ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida jarohat olgan edi.
EChL 1/8 finalidan o'rin olgan «Bayer» va «Arsenal» o'rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214