Vinisius «Manchester Siti»ga qarshi o'yin oldidan muxlislarga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

«Real» hujumchisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi uydagi uchrashuv oldidan muxlislarga murojaat qildi.
«Sizlar bizga har qachongidan ham ko'proq keraksiz. Birga olg'a! Hala Madrid!» — deb yozdi braziliyalik futbolchi Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, «Real» — «Manchester Siti» uchrashuvi 11 martdan 12 martga o'tar kechasi Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida bo'lib o'tadi. Javob bahsi esa 17 martdan 18 martga o'tar kechasi Manchesterdagi «Etihad» stadionida o'tkaziladi.
Qayd etish joiz, jamoalar bu mavsum Chempionlar ligasida allaqachon o'zaro to'qnash kelishgan: umumiy bosqichda «Manchester Siti» mehmonda «Real»ni 2:1 hisobida mag'lub etgan.
VINI JR. ON IG: “We need you more than ever. Let’s go together. HALA MADRID!” pic.twitter.com/E1npgTNnhV
— Madrid Xtra (@MadridXtra) March 10, 2026 Manba: sports.kz
Bosh sahifaga
235