"Atletiko" ustozi "Tottenxem" ustidan qozonilgan yirik g'alaba haqida fikrlarini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1560

UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida Madridning "Atletiko" jamoasi o'z uyida Londonning "Tottenxem" klubini 5:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu natija haqida "matraschilar" ustozi Diego Simeone o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin bizning foydamizga hal bo'ldi, biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalana oldik. "Atletiko" APLning kuchli vakili ustidan muhim g'alabaga erishdi. Javob o'yinida bizga oson bo'lmaydi. Umumiy baholaydigan bo'lsak, yaxshi o'yin o'tkazdik. Vaholanki, g'alaba bundan ham yirik bo'lishi mumkin edi", — deya argentinalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Javob uchrashuvi 18 mart, chorshanba kuni "tumanli Albion"da bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253