"Liverpul" yulduzi klub rahbariyatiga transfer bo'yicha so'rov yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244

"Liverpul" yarim himoyachisi Aleksis Makallister klubdagi faoliyatini yakunlab, boshqa jamoaga o'tish niyatida. Bu haqda fichajes.net portali xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ingliz klubi o'z futbolchisidan transfer borasida so'rov olgan. Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi o'z kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rmoqchi. Avvalroq, argentinalik futbolchining nomi "PSJ" va "Real" klublari bilan bog'langan edi.
Mak Allisterning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 80 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi APL doirasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
252