"Real" yulduzi 18 yoshli Tyago Pitarchni maqtadi: U "Manchester Siti"ga qarshi asosiy tarkibda tushishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332

"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde jamoadoshi Tyago Pitarchning harakatlarini yuqori baholadi. 18 yoshli futbolchi bugun Chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda madridliklarning asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin.
"Yosh futbolchilarga o'zlarini ko'rsatish uchun imkoniyat berilayotganidan juda xursandman. Bolalar aql bovar qilmas darajada ko'p mehnat qilishmoqda... Ular shu qadar ko'p yugurishadiki! Mashg'ulotlarga qanday ishtiyoq va quvonch bilan kelishlari kishini hayratga soladi. Tyago yaxshi o'ynayapti, lekin men boshqa jihatga urg'u bermoqchiman. Uning maydondan tashqarida ham yaxshi inson bo'lishi muhim. Bu boshqa yosh yigitlarga ham tegishli", — deya Valverdening so'zlarini keltiradi football-espana.net.

Bosh sahifaga
253