Xulian Alvaresdan EChLda yuqori samaradorlik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares o'z jamoasiga Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida "Tottenxem"ni tor-mor etishda (5:2) yordam berdi.
Argentinalik futbolchi 6-daqiqada Markos Lorentega golli uzatma etkazib berdi, 14 va 55-daqiqalarda esa o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, 26 yoshli hujumchining Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi samarali harakatlari soni o'ntaga etdi (7 ta gol va 3 ta assist). "Matraschilar" hujum chizig'i etakchisi turnirda o'n va undan ortiq golda ishtirok etgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bu borada u Madridning "Real" klubi a'zosi Kilian Mbappe (13+1) va "Nyukasl" vakili Entoni Gordondan (10+2) keyingi o'rinda bormoqda.
18 mart kuni Londonda "Atletiko" va "Tottenxem" o'rtasidagi javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
269