«Liverpul»ning Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi inqirozi davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 280

«Liverpul» Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi oxirgi oltita o'yinda faqat bir marta g'alaba qozondi.
Arne Slot jamoasi bugun turnirning 1/8 final dastlabki uchrashuvida «Galatasaroy»ga imkoniyatni boy berdi (0:1).
EChL pley-off bosqichidagi so'nggi oltita o'yinda mersisaydliklar 5 ta mag'lubiyatga uchrashdi, bular qatoriga 2021/22 yilgi mavsum finalida «Real»dan qabul qilib olingan mag'lubiyat ham kiradi. Ushbu davr mobaynidagi yagona g'alaba o'tgan mavsumning 1/8 final dastlabki bahsida «PSJ» ustidan qozonilgan (1:0) edi, biroq ikki o'yin natijasiga ko'ra «Liverpul» penaltilar seriyasida yutqazib qo'ygan.
«Galatasaroy» bilan javob o'yini 18 mart kuni «Enfild» stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265