"Chelsi" Kvaratsxeliya uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2255

«PSJ» vingeri Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Fichajes nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, gruziyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun kurashga «Chelsi» ham qo'shildi. «Ko'klar» bosh murabbiyi Liam Rosenor 25 yoshli futbolchi iste'dodining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U Kvaratsxeliya London klubining hujum chizig'iga juda mos tushadi deb hisoblamoqda.
Xvicha Kvaratsxeliya 2025 yilda «Napoli»dan 80 million evro evaziga «PSJ» tarkibiga o'tgan edi. Uning Parij klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda vinger parijliklar safida barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Kvaratsxeliyaning transfer qiymatini 90 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
268