Rasman. Uoker Angliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1650

«Manchester Siti»ning sobiq qanot himoyachisi, hozirda «Byornli» sharafini himoya qilayotgan Kayl Uoker Angliya milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini ma'lum qildi.
«Bugun hamma narsa nihoyasiga etadigan lahza keldi. Xalqaro maydondagi faoliyatimga nuqta qo'yish men uchun faxrdir. Barcha jamoadoshlarimga, sobiq va hozirgilariga rahmat aytaman va ularga eng ezgu tilaklarimni tilab qolaman. Shuningdek, ko'p yillar davomida meni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman», — dedi Uoker.
35 yoshli Kayl Uoker milliy terma jamoa safida jami 96 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga 1 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Himoyachi inglizlar tarkibida ikki bor Evropa chempionatining kumush medali sohibiga aylangan.

Bosh sahifaga
223