10 Mart 2026, 22:35 / Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
Dani Karvaxal ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga javob berdi.
Ba'zi "Real Madrid" muxlislari sardorning "Selta"ga qarshi 2:1 hisobidagi o'yinda maydonga tushgan Yago Aspasni olqishlaganidan xafa bo'lishdi.
Karvaxalning o'zi "Instagram"dagi postlaridan biriga izoh qoldirdi.
"Bu imo-ishora hurmatni, ligamiz afsonasiga hurmatni anglatadi.
Qadriyatlar birinchi o'rinda turadi va men sizda bu fazilat yo'qligini ko'rmoqdaman", deb yozdi himoyachi.