«Mash'al» bosh murabbiyi bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 642

«Mash'al» futbol klubi bosh murabbiyi Igor Surov sog'lig'idagi muammolar sabab hozirda davolanmoqda. Shu bois u bugun «Qizilqum»ga qarshi o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.
Klub tomonidan rasman ma'lum qilinishicha, murabbiy Navoiy shahridagi o'yinga tashrif buyurmaydi. Uning o'rniga murabbiylar shtabi vakili Otabek Narzullaev jamoani «Qizilqum»ga qarshi maydonga boshlab tushadi.
Otabek Narzullaev, shuningdek, jamoa murabbiyi sifatida o'yindan keyingi matbuot anjumanida ham ishtirok etadi.
Manba: pfl.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173