Rodrigo operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasining 25 yoshli hujumchisi Rodrigo tizzasining oldingi xochsimon paylari uzilishi tashxisi bilan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda «qirollik klubi»ning rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarda qayd etilishicha, yaqin kunlarda hujumchi reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Rodrigo La Liga doirasidagi «Xetafe»ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgan edi. Dastlabki prognozlarga ko'ra, hujumchi taxminan olti oyni o'tkazib yuboradi.
Rodrigo 2020 yilda «Santos»dan ko'chib o'tganidan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u klub safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234