"Al-Ittihod" yulduzi Evropa grandlari orasida talash bo'lmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 49

«Chelsi», «Liverpul», «Tottenxem», «Nyukasl», «Inter», «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublari 26 yoshli frantsiyalik hujumchi Mussa Diabini qo'lga kiritish uchun kurash olib bormoqda. Bu haqda Fussball-Daten nashri xabar bermoqda.
Ayni damda hujumchi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasida to'p surmoqda. Shu bilan birga, frantsiyalik futbolchining o'zi ham Evropaga qaytish istagini bildirmoqda. Eslatib o'tamiz, Diabi avvalroq «PSJ», «Bayer» va «Aston Villa» kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Frantsiyalik vinger 2024 yildan buyon «Al-Ittihod» tarkibida harakat qilmoqda. Joriy mavsumda hujumchi Saudiya Arabistoni chempionatida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
234