«Tottenxem» hujumchisi sobiq murabbiy bilan nizosi haqida ochiq gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

«Tottenxem»ning frantsiyalik hujumchisi Matis Tel «shporlar»ning sobiq bosh murabbiyi Tomas Frank bilan bo'lgan murakkab munosabatlari haqida so'zlab berdi.
«Jamoadagi rolim borasida Tomas bilan kelishmovchiliklarimiz bor edi va bu unga yoqmasdi. Ammo u vaziyatni tuzatishga urinmadi ham. Nima uchun bunchalik tez-pez zaxira o'rindig'ida qolib ketayotganimni tushunmasdim. Men jamoaga hozirgidan ko'ra ko'proq yordam bera olishim mumkinligini his qilardim», — deya Telning so'zlarini keltiradi The Zach En Roue Libre podkasti.
Joriy mavsumda 20 yoshli futbolchi barcha turnirlarni inobatga olgan holda 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230