Joan Garsiya «Nyukasl»ga qarshi o'yin oldidan: «Biz xatolarimizdan xulosa chiqardik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 510

«Barselona» darvozaboni Joan Garsiya Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Biz ushbu bahsga katta ishtiyoq bilan yondashmoqdamiz. Raqib o'z maydonida bor kuchini ishga solishiga ishonchimiz komil. Biz «Atletiko»ga qarshi kechgan kubok bahsidan saboq chiqarishimiz kerak, o'shanda birinchi o'yindagi natija uchun jazolangan edik.
So'nggi bir nechta uchrashuvda biz oldinga qadam tashladik, pressing qilishda ancha yaxshilandik. Xatolarimizdan xulosa chiqaramiz, bizda yosh jamoa shakllangan. Biz o'z xatolarimizni tushunib etdik», — deya golkiperning so'zlarini keltiradi football-espana.net portali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195