UEFA sobiq rahbari Mbappening o'yiniga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Avvalroq UEFA rahbari lavozimida ishlagan afsonaviy frantsuz futbolchisi Mishel Platini Frantsiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi yulduzi Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men Mbappe bilan yuzma-yuz ko'rishmaganman, uni faqat televizor orqali kuzatganman. Uni faqat futbolchi sifatida baholay olaman. Kilian maydonda aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradi», — deya sobiq futbolchining so'zlarini keltiradi RMC Sport.
Joriy mavsumda Mbappe 33 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Hujumchi o'z hisobiga 38 ta gol yozdirib qo'yishga ulgurdi. Hozirda 27 yoshli hujumchi tizzasidan olgan jarohati sababli lazaretda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173