Slot uchun so'nggi imkoniyat
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 479

Niderlandiyalik mutaxassis Arne Slot faqat bir holatdagina «Liverpul»da qolishi mumkin. Agar bosh murabbiy jamoani UEFA Chempionlar ligasining joriy mavsumida g'alaba sari boshlab borsagina, o'z lavozimini saqlab qoladi. Bu haqda Ok Diario nashri xabar bermoqda.
Aks holda, niderlandiyalik mutaxassis iste'foga chiqariladi va bo'shab qolgan bosh murabbiylik o'rnini Xabi Alonso egallaydi. Ispaniyalik murabbiy «qizillar» bilan hamkorlik bo'yicha oldindan kelishuvga erishgan.
Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida «Liverpul»ga Istanbulning «Galatasaroy» jamoasi raqiblik qiladi. Dastlabki uchrashuv bugun, 10 mart kuni Turkiyada bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189