EChL. «Bavariya» - «Chelsi» o'yini bo'sh stadionda o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338

Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Bavariya» va «Chelsi» jamoalari o'rtasidagi javob o'yini koronavirus xavfli tufayli bo'sh stadionda o'tkaziladi.
"Sport Bild" nashri jurnalisti Kristian Falk tarqatgan xabarga ko'ra, 18 mart kuni Myunxenda bo'ladigan o'yinga tomoshabinlar kiritilmaydi.
Bundan tashqari, «Bavariya» chorak finalga chiqsa, jamoa ushbu bosqichdagi uy bahsini bo'sh tribuna qarshisida o'tkazishga majbur bo'ladi.
Hozirda Germaniyada koronavirus bilan zararlanganlar soni mingdan oshgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246