«Nasaf» va «Paxtakor» safida yorqin o'yinlar ko'rsatgan futbolchi «Sho'rtan» a'zosiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

O'zining «Nasaf» va «Paxtakor» kabi jamoalardagi yorqin o'yinlari bilan muxlislar e'tiborini qozongan, o'tgan mavsumda «Qo'qon-1912» sharafini himoya qilgan tajribali yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov «Sho'rtan» safiga kelib qo'shildi. Futbolchi g'uzorliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
"Ishonamizki, Bahrom o'z tajribasi va mahorati bilan jamoamiz oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarishda hamda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish yo'lida muhim hissa qo'shadi. «Sho'rtan» oilasiga xush kelibsan, Bahrom!", — deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245