Prevyu. «Mash'al» – «Qizilqum»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347

Superliganing 3-turida Muborakning «Mash'al» jamoasi Navoiyning «Qizilqum» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv rasmiylari
Navoiyda bo'lib o'tadigan «Mash'al» – «Qizilqum» uchrashuvini G'ayrat Jo'raev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Rasuljon Fozilov va Maksim Nexochinlar yordam berishadi. Zaxira hakami Jahongir Noraliev. Hakamlarni Baxtiyor Namozov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari — Feruz G'aniev.
O'zaro o'yinlar
«Mash'al» va «Qizilqum» shu kungacha chempionat bahslarida 36 marta to'qnash kelgan. G'alabalar bo'yicha «Qizilqum» 12 ta, «Mash'al» esa 10 ta yutuqqa erishgan. 14 o'yin durang bilan yakunlangan. Muborakliklar raqib darvozasini 46 bor ishg'ol qilgan bo'lsalar, navoiyliklar esa 45 gol urishgan.
«Mash'al»ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi — 6:1. «Qizilqum»da bu ko'rsatkich 6:3 bo'lib turibdi.

Bosh sahifaga
270