Mirazizbek Mirzaxalilov: «Osiyo o'yinlari, Osiyo va jahon chempionatidan keyin navbat Olimpiadaning oltin medaliga»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 478

Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun litsenzion musobaqa qizg'in davom etmoqda. Ayni paytda ikki qit'aning eng kuchli bokschilari g'oliblik yo'lida bahs olib borishmoqda.
O'zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati ushbu mas'uliyatli musobaqada jahon chempioni Mirazizbek Mirzaxalilovning fikrlari bilan qiziqdi.
«Biz uchun muhim va mas'uliyatli musobaqa o'tmoqda. Ushbu litsenzion turnirga uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rdik. Xudo xohlasa, biz o'zimizga bildirilgan ishonchni oqlaymiz va yurtimizga yorug' yuz bilan borib, Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Shu kungacha Osiyo o'yinlari, Osiyo va jahon chempionatlarida oltin medallarni qo'lga kiritdim. Ular qatoriga Olimpiada oltin medalini ham qo'shib qo'ymoqchiman. Fursatdan foydalanib, davom etayotgan musobaqada barcha jamoadoshlarimga omad tilayman», – dedi Mirazizbek Mirzaxalilov.

Bosh sahifaga
246