Krishtianu Ronaldu yangi investitsiya qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 52

41 yoshli portugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronaldu 7,5 million dollar evaziga Pro2col Software kompaniyasining 10% aktsiyasini sotib olib, kompaniyaning hammulkdorlaridan biriga aylandi. Ushbu kompaniya Herbalife korporatsiyasining sho''ba tuzilmasi hisoblanadi.
Ronalduning ta'kidlashicha, mazkur loyiha insonlarning sog'ligiga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga xizmat qiladi:
«Biz odamlarning o'z salomatligiga bo'lgan qarashini o'zgartirishi mumkin bo'lgan platformani shakllantirishga yordam bermoqdamiz», — dedi portugaliyalik futbolchi.
Shu tariqa, Ronaldu nafaqat maydonda, balki biznes va investitsiya sohasida ham faolligini davom ettirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268