Xalk Mineyro ligasi finalidagi ommaviy mushtlashuv va 23 ta qizil kartochka haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

«Atletiko Mineyro» hujumchisi Xalk Mineyro ligasi finali doirasida «Kruzeyro»ga qarshi o'yin (0:1) yakunidagi ommaviy mushtlashuvga izoh berdi.
Uchrashuv hakami Mateus Kandansan jami 23 ta qizil kartochka ko'rsatdi. Chetlatilganlar orasida «Zenit»ning sobiq futbolchilari Jerson Santos, Mateo Kasserra va Xalk ham bor.
«Men o'yin boshidayoq hakamga hammasi yomon tugashini aytgandim. U zarracha xarakter ko'rsata olmadi. Agar bir, ikki yoki uch nafar futbolchini chetlatish kerak bo'lsa — chetlat! Lekin u finalda ishlash uchun haddan tashqari qo'rqqan edi», — deb ta'kidladi Xalk.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263