«Manchester Siti» himoyachisi «Milan»ning yozgi transfer maqsadiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 528

Huquqlari «Manchester Siti»ga tegishli bo'lgan niderlandiyalik himoyachi Natan Ake faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Tribal Football jurnalistlari bergan ma'lumotga ko'ra, «Milan» 31 yoshli futbolchining yozgi transferiga qiziqish bildirmoqda. «Rossonerilar» o'tgan yili ham Akega qiziqish bildirgan edi, biroq kelishuv amalga oshmagandi. Italiyaliklar muzokaralarni 2025/2026 yilgi mavsum yakunida qayta tiklash niyatidalar.
Natan 2020 yilning avgustidan beri «shaharliklar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Niderlandiyalik futbolchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Uning bozor qiymati Transfermarkt tahlillariga ko'ra 18 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
267