APLning eng ko'p «arzonlashgan» yulduzlari reytingi tuzib chiqildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

Nufuzli Transfermarkt portali tahlilchilari Angliya chempionatining narxi eng ko'p pasaygan futbolchilari reytingini e'lon qilishdi.
Ushbu ro'yxatda birinchi o'rinni «Liverpul»ning shvetsiyalik markaziy hujumchisi Aleksandr Isak egalladi. Uning bozor qiymati 20 million evroga kamaydi. Ayni damda skandinaviyalik hujumchi 100 million evroga baholanmoqda.
Ro'yxatning keyingi pog'onalaridan narxi o'n millionga pasaygan bir guruh futbolchilar joy oldi. Ushbu ro'yxatga quyidagilar kiritildi: Bukayo Saka (120 mln), Koul Palmer (110 mln), Martin Edegor (65 mln), Rodri Ernandes (65 mln), Kristian Romero (50 mln), Xavi Simons (50 mln), Entoni Elanga (40 mln) va Deyan Kulushevski (35 mln).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193