«Bavariya» yulduzi Vensan Kompanining ish uslubi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Maykl Olise jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Kompani o'zining rejalari va g'oyalari bilan bizning yanada kuchliroq bo'lishimizga yordam bermoqda. Muayyan vaziyatlarda nima qilishimiz kerakligini hamma yaxshi biladi. Barchamiz bir yo'nalishda mehnat qilyapmiz. Har bir futbolchi doimo bor kuchini ishga solmoqda», — deya Olisening so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda 24 yoshli Olise barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 36 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U raqiblar darvozasini 13 bor ishg'ol qilib, 25 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214