APLdagi yangilanishdan keyin Abduqodir Husanovning narxi qancha?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 418

Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasida futbolchilarning bozor narxlarini yangiladi.
Yangilangan ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi va «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer qiymati o'zgarmadi va 35 million evroni tashkil etmoqda.
Angliya grandi tarkibida eng qimmat futbolchi sifatida 200 million evro bahoga ega norvegiyalik hujumchi Erling Xoland qolmoqda. Qiymati bo'yicha ikkinchi o'ringa vinger Antonio Semeno chiqdi — 75 million evro (+10 mln). «Manchester Siti»dagi uchinchi eng qimmat o'yinchi esa xorvatiyalik himoyachi Yoshko Gvardiol bo'ldi, u avval ikkinchi o'rinda edi. Uning qiymati o'zgarmasdan 70 million evro bo'lib qoldi.
Husanov «Manchester Siti»ga 2025 yil boshida Frantsiyaning «Lans» klubidan o'tgan edi. Xabar qilinishicha, ingliz klubi uning transferi uchun 40 million funt to'lagan. APLga o'tganidan beri u 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
246