«Real» «Siti»ga qarshi o'yin oldidan asosiy himoyachisining jarohat olganini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318

«Real» klubi matbuot xizmati jamoaning asosiy chap qanot himoyachisi Alvaro Karreras jarohat olganini ma'lum qildi.
22 yoshli ispaniyalik futbolchida o'ng oyoq boldir mushagi jarohati aniqlangan. Uning tiklanish muddati hozircha ma'lum qilinmagan.
«Real»ga o'tganidan keyingi ilk mavsumida Karreras barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
11 mart kuni «Real» Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244